← Insof beton zavodi

Maxfiylik siyosati

Insof ECO mobil ilovasi · yangilangan 2026-11-03

1. Kim ma'lumot yig'adi

Ushbu siyosat Insof ECO mobil ilovasiga (iOS va Android) va u ulanadigan Insof ERP tizimiga tegishli. Ma'lumotlarning egasi va ishlovchisi — Insof beton zavodi.

Ilova beton zavodi xodimlari (haydovchi, brigadir, logist, sotuv va boshqa bo'limlar), zavod mijozlari va hamkorlari uchun mo'ljallangan. Foydalanuvchi hisoblari zavod ma'muriyati tomonidan yaratiladi yoki telefon raqami orqali ro'yxatdan o'tiladi.

2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

  • Hisob ma'lumotlari: telefon raqami, ism-familiya, lavozim yoki rol, tashkilot nomi. Kirish uchun bir martalik kod telefon raqamining Telegram hisobiga yuboriladi. Android ilovada Telegram boti orqali ham kirish mumkin — bunda bot siz ulashgan telefon raqami va Telegram identifikatoringizni oladi.
  • Joylashuv: haydovchi uchun — faqat faol reys davomida mashinaning joylashuvi, shu jumladan ilova fonda bo'lganida ham. Reys yakunlangach fon kuzatuv to'xtaydi. Boshqa rollarda joylashuv faqat ilova ochiq bo'lganda, obyekt manzilini aniqlash uchun ishlatiladi. Xodim "Keldim" / "Ketdim" belgilaganda o'sha paytdagi joylashuv ish hududida ekanini tekshirish uchun yoziladi.
  • Yuz tasviri (davomat): faqat zavod xodimlari uchun — ishga kelish va ketishni ilova ichidagi yuz skaneri orqali tasdiqlash. Ro'yxatga olishda xodim yuzining bir necha kadri va ulardan hisoblangan raqamli namuna (128 sonli vektor — biometrik ma'lumot) saqlanadi. "Keldim / Ketdim" belgilanganda kamera kadridan serverda shunday vektor hisoblanib, namuna bilan solishtiriladi; davomat belgisida kadr, moslik foizi, qurilma identifikatori va kadrning nazorat yig'indisi (qayta yuborishga qarshi) yoziladi. Yuz faqat xodimning roziligi bilan, otdel kadr tomonidan ro'yxatga olinadi. Mijozlardan yuz ma'lumoti olinmaydi. Bu telefondagi Face ID yoki barmoq izi qulfi emas — ilova ularga kirmaydi.
  • Ish ma'lumotlari: zayavkalar, reyslar, nakladnoylar, topshiriqlar, davomat va ularga tegishli izohlar — ya'ni xodim o'z ishini bajarish jarayonida kiritgan ma'lumotlar.
  • Rasmlar: profil rasmi, nakladnoy, yetkazish yoki muammo fotosi — faqat siz kamera bilan olgan yoki galereyadan o'zingiz tanlagan rasm serverga yuklanadi. Galereyaning qolgan qismiga ilova murojaat qilmaydi.
  • Qurilma ma'lumotlari: qurilma modeli, operatsion tizim versiyasi, ilova versiyasi va push bildirishnomalar uchun qurilma manzili (token).

Ilova kontaktlar, mikrofon yoki reklama identifikatorlarini yig'maydi. Reklama va tahliliy kuzatuv (analytics) SDK'lari ishlatilmaydi.

3. Nima uchun ishlatiladi

  • Xodimni tizimga kiritish va uning roliga mos bo'limlarni ko'rsatish.
  • Reys davomida mashina qayerdaligini dispetcher va buyurtmachiga ko'rsatish, yetkazish vaqtini taxminlash.
  • Yetkazish faktini tasdiqlash (mashina obyektga yetib kelganini aniqlash).
  • Xodim davomatini (keldi / ketdi) yuz orqali tasdiqlash va ish haqi tabelini yuritish — bir xodim o'rniga boshqasi belgilashining oldini olish.
  • Yangi topshiriq, reys yoki tasdiq haqida push bildirishnoma yuborish.
  • Ilova ishidagi xatolarni aniqlash va xavfsizlikni ta'minlash.

4. Kimga beriladi

Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama maqsadida hech kimga berilmaydi. Reys davomidagi joylashuv faqat shu reysga aloqador shaxslarga — zavod dispetcheri va buyurtmachiga — ko'rinadi. Davomat kadri va yuz namunasi faqat zavodning kadrlar bo'limi va xodimning rahbariga ko'rinadi, tashqariga berilmaydi va reklama yoki boshqa maqsadda ishlatilmaydi.

Ilova ishlashi uchun quyidagi texnik xizmatlar ishlatiladi:

  • Apple Push Notification service va Firebase Cloud Messaging (Expo push xizmati orqali) — bildirishnoma yetkazish uchun; ularga faqat qurilma manzili beriladi.
  • Yandex MapKit — xaritani chizish va manzil qidiruvi uchun; xarita provayderi ko'rsatilayotgan hududni va qidiruv so'rovini oladi.
  • Telegram (Telegram Gateway va Insof ERP boti) — bir martalik kirish kodini yetkazish va bot orqali kirish uchun; unga faqat telefon raqami va kod beriladi.
  • Sun'iy intellekt xizmati (Anthropic, OpenAI yoki Groq) — nakladnoy suratidagi matnni avtomatik o'qish uchun; unga faqat hujjat surati beriladi, yuz rasmlari yuborilmaydi.
  • Marshrut hisoblash uchun o'z serverimizdagi xizmat — koordinatalar tashqi kompaniyaga yuborilmaydi.

Ma'lumotlar Insof beton zavodi boshqaruvidagi serverlarda saqlanadi.

5. Qancha vaqt saqlanadi

Hisob va ish ma'lumotlari xodim yoki mijoz zavod bilan hamkorlik qilgan davr mobaynida, shuningdek buxgalteriya va shartnoma hujjatlari uchun qonunda belgilangan muddat saqlanadi. Reys marshruti reys tarixining bir qismi sifatida saqlanadi. Push manzili ilovadan chiqilganda o'chiriladi.

Yuz namunasi xodim zavodda ishlagan davr mobaynida saqlanadi va xodim so'rovi bilan istalgan vaqtda o'chiriladi; xodim kartasi o'chirilganda u ham o'chadi. Davomat kadrlari tabel tarixining bir qismi sifatida saqlanadi.

6. Sizning huquqlaringiz va hisobni o'chirish

Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Hisobni o'chirish uchun ilovadagi profil bo'limidagi "Hisobni o'chirish" tugmasidan foydalaning. Ilovani o'chirib tashlagan bo'lsangiz — shu sahifada so'rov qoldiring yoki quyidagi manzillar orqali murojaat qiling — so'rov 30 kun ichida bajariladi. Hisob o'chirilganda shaxsiy ma'lumotlar o'chiriladi; qonun talab qiladigan moliyaviy hujjatlar shaxssizlantirilgan holda saqlanib qolishi mumkin.

Joylashuvga ruxsatni istalgan vaqt telefon sozlamalaridan bekor qilishingiz mumkin; bu holda reys kuzatuvi ishlamaydi.

Yuz ma'lumotini saqlashga roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin — otdel kadrga murojaat qiling: yuz namunasi o'chiriladi va davomatingiz qo'lda belgilanadi.

7. Xavfsizlik

Ilova server bilan faqat shifrlangan (HTTPS) aloqa qiladi. Kirish kodi va sessiya qurilmaning himoyalangan xotirasida saqlanadi. Serverga kirish rol asosida cheklangan va jurnalga yoziladi.

8. Bolalar

Ilova 18 yoshdan kichiklar uchun mo'ljallanmagan va ular haqida ataylab ma'lumot yig'maydi.

9. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangi sana bilan e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali ham xabar beramiz.

10. Aloqa

Savol va so'rovlar uchun: