
Mikserlarda obyektga
Turli markadagi beton. Hajm va soat oldindan kelishiladi, quyish uzilmaydi.

Insof tayyor beton, temir-beton buyumlari va metall konstruksiyalarni bir hududda ishlab chiqaradi. Loyihangiz uchun bitta yetkazib beruvchi, bitta shartnoma va yagona sifat standarti.
Insof tayyor beton, temir-beton buyumlari va metall konstruksiyalarni bir hududda ishlab chiqaradi. Loyihangiz uchun bitta yetkazib beruvchi, bitta shartnoma va yagona sifat standarti.
Pudratchilar va quruvchilar yetkazib beruvchidan uch narsani kutadi: to'g'ri sifat, kelishilgan muddat va kutilmagan holatlarsiz ishlash. Butun ishlab chiqarish zanjirimiz aynan shunga qurilgan.
Nima ishlab chiqaramiz

Turli markadagi beton. Hajm va soat oldindan kelishiladi, quyish uzilmaydi.

Plita, ustun, rigel va boshqalar — kran bilan yuklab beriladi.

Baza o'zimizda, yuk transporti ham o'zimizniki — muddat cho'zilmaydi.
Narx hajm, marka va obyekt masofasiga qarab hisoblanadi — shuning uchun ro'yxatda ko'rsatilmaydi.
Zavod
Tugun, tayyor mahsulot maydoni va xomashyo bazasi — hammasi bitta hududda.
Nega Insof
Vositachisiz — mahsulot zavoddan to'g'ridan-to'g'ri obyektingizga ketadi.
Har bir partiya tasdiqlangan retsept bo'yicha tayyorlanadi va nazoratdan o'tadi.
Mikserlar va yuk mashinalari — yetkazib berishni boshqa firmaga bog'lab qo'ymaymiz.
Har bir yuk hujjatidagi QR kodni telefoningizdan tekshirasiz: hajm, marka, sana.
Shartnoma, schyot-faktura, bank orqali hisob-kitob — yuridik shaxslar bilan to'liq rasmiy.
Doimiy mijozlar uchun kelishilgan limit va to'lov muddati beriladi.
Hujjatni tekshirib ko'ring. Bizdan mahsulot olgan bo'lsangiz, nakladnoydagi QR kodni telefon kamerasida oching — hajm, marka va sana bevosita zavod tizimidan chiqadi.
Ish tartibi
Telefon yoki saytdagi forma orqali hajm, marka va manzilni aytasiz.
Narx, muddat va yetkazib berish sharti kelishiladi, shartnoma rasmiylashtiriladi.
Partiya rejaga qo'yiladi, xomashyo ajratiladi va sifat nazoratidan o'tadi.
Belgilangan vaqtda obyektga chiqamiz, QR-nakladnoy bilan topshiramiz.
Kalkulyator
Bir daqiqada hisoblang: o'lchamlarni metrda kiriting — hajm kub metrda chiqadi, ustiga 5 % zaxira qo'shiladi. Natijani bir bosishda arizaga uzatasiz.
Poydevor, pol yoki plita — tayyor shablonlardan boshlang, kerak bo'lsa o'zgartiring.
Hajm ma'lum bo'lsa, sotuv bo'limi nechta reys va qaysi soatda kelishini darrov aytadi.
Notekis asos va to'kilish uchun 5 % — quyish o'rtasida beton yetmay qolmaydi.
Aloqa
Ish vaqtida qo'ng'iroq qiling yoki formani to'ldiring. Sotuv bo'limi bog'lanib, hisob-kitobni tayyorlaydi.
Yulduzcha bilan belgilangan maydonlar to'ldirilishi shart.
Mobil ilova
Buyurtma bering, mashina qayerdaligini xaritada kuzating, QR-nakladnoyni ilovada tekshiring.
Joylashuv
Mahsulotni o'zingiz olib ketmoqchi bo'lsangiz manzil shu — yetkazib berish masofasi ham shu nuqtadan hisoblanadi.
Insof beton zavodi
Dush–Shan 08:00–18:00