Eng ko'p uchraydigan xato — poydevor uchun beton markasini tejash. Poydevorni qayta qilib bo'lmaydi, shuning uchun nimani buyurtma qilishni ko'rib chiqamiz.
M markasi va B sinfi
M markasi kgs/sm² dagi o'rtacha siqilish mustahkamligini, B sinfi esa MPa dagi kafolatlangan mustahkamlikni ko'rsatadi. Loyihalarda odatda sinf yoziladi: B15 ≈ M200, B20 ≈ M250, B22,5 ≈ M300, B25 ≈ M350, B30 ≈ M400.
Nimani tanlash kerak
- Oddiy gruntdagi 1–2 qavatli xususiy uy — M250–M300.
- G'isht yoki blokdan 2–3 qavatli uy, yerto'la — M300–M350.
- Ko'p qavatli karkas, plitali poydevor — loyiha bo'yicha, ko'pincha M350–M400.
- Tayyorlov qatlami, otmostka, styajka — M150–M200.
Qancha beton buyurtma qilish kerak
Lentali poydevor hajmi = barcha lentalar uzunligi × eni × balandligi. Qolip notekisligi va yo'qotishlar uchun 3–5% qo'shing. Plita uchun — uzunlik × eni × qalinlik.
Kelganini qanday tekshirish
Insof beton zavodining har bir nakladnoyida QR-kod bor. Skanerlang — marka, hajm, mikser raqami va yuklash vaqtini ko'rasiz.